Tramp Eron o‘z yadroviy dasturini to‘xtatib turishga rozi bo‘lganini aytdi. Tehron esa bu masalada kelishuv yo‘qligini ma’lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp NewsNation telekanaliga bergan intervyusida Eron o‘z yadroviy dasturini noma’lum muddatga to‘xtatib turishga rozi bo‘lganini bildirdi.
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga rozi bo‘ldimi, degan savolga Tramp: "Ha", deb javob berdi. Aniqlashtiruvchi savolga u yana: "Ha", dedi va keyin qo‘shimcha qildi: "Hayron qoldingizmi? Meni hech narsa ajablantirmaydi".
Shu bilan birga, Eronning yuqori martabali amaldori Reuters agentligiga Tehron va Vashington o‘rtasida hamon jiddiy ziddiyatlar mavjudligini va “yadroviy masalalar tafsilotlari bo‘yicha kelishuvga erishilmaganini” aytdi.
"Biz Erondan sanksiyalar olib tashlanishi va urush tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini ta’minlash bo‘yicha kelgusi muzokaralar uchun imkoniyat yaratilishiga umid qilyapmiz. Buning evaziga Tehron xalqaro hamjamiyatga o‘z yadroviy dasturining tinch maqsadlarga qaratilgani bo‘yicha kafolat beradi", — dedi eronlik rasmiy.