AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yangi oliy rahbarini tanlashda ishtirok etishi kerak, deb hisoblaydi.
Tramp bu haqda Axios nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
U marhum yetakchi oyatulloh Ali Xomeneyning o‘g‘li Mojtaba Xomeneyning nomzodi qabul qilinishi mumkin emasligini aytdi.
"Qo‘shma Shtatlar yangi oliy rahbarni tayinlash jarayoniga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak", deb ta’kidladi u.
Tramp mintaqaning barqarorligi Eronning yangi rahbarini tanlashga bog‘liqligini va Xomeneyning siyosatini davom ettirish Qo‘shma Shtatlar bilan besh yilga cho‘zilishi mumkin bo‘lgan yangi urushga olib kelishi mumkinligini aytdi. Amerika rahbari Eronga uyg‘unlik va tinchlik olib keladigan vorisni xohlayotganini aytdi.