AQSh prezidenti Donald Tramp Eronda namoyishchilarga qarshi o‘q otilsa, Vashington kuch ishlatish choralarini ko‘rishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda u Oq uyda neft kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.
Tramp AQSh Eronda davom etayotgan norozilik namoyishlarini diqqat bilan kuzatayotganini ta’kidladi.
«Eronda juda katta muammolar bor. Menimcha, xalq ayrim shaharlarni nazoratga olmoqda. Yana bir necha hafta oldin bu mumkin, deb hech kim o‘ylamagan edi. Biz vaziyatni juda diqqat bilan kuzatyapmiz», — dedi u.