AQSh prezidenti Donald Tramp eronlik askarlarni qurollarini topshirishga chaqirdi.
Amerika yetakchisi bugun shunday bayonot berdi.
"Islom inqilobi gvardiyasi korpusi, qurolli kuchlar va Eron polisiyasi a’zolariga aytaman: qurollaringizni topshiring va to‘liq immunitetga ega bo‘ling. Aks holda, siz aniq o‘limga duch kelasiz. Agar qarshilik ko‘rsatishni to‘xtasangiz, sizga adolatli munosabatda bo‘lishadi", dedi Tramp.
Bundan tashqari, u Eronda hukumat o‘zgarishiga umid qilishini bildirdi.