AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush «tez orada» tugashini va mamlakatda yoqilg‘i narxlari pasayishini aytdi.
Tramp Nebraska shtatida o‘tkazilgan saylovoldi tadbirida AQSh Eronning radarlari va havo mudofaasi tizimlarini yo‘q qilgani hamda Hurmuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatganini da’vo qildi.
Uning ta’kidlashicha, Eronga qarshi harbiy harakatlar dunyoni kattaroq inqirozdan saqlab qolgan. Tramp, shuningdek, Venesueladan AQShga neft yetkazib berish hajmi oshganini aytdi.
Tramp amerikaliklarga benzin narxi yaqin orada yanada arzonlashishini va’da qildi. Uning aytishicha, Eron bilan urush boshlanishidan oldin AQShda benzinning bir galloni taxminan 1,85 dollar turgan.
Trampning Eron va Hurmuz bo‘g‘ozi haqidagi bayonotlarida keltirilgan ayrim da’volar mustaqil ravishda tasdiqlanmagan.