Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Eron bilan rasmiy muzokaralar boshlanganini e’lon qildi

Tramp Eron bilan rasmiy muzokaralar boshlanganini e’lon qildi

AQSh va Eron shanba kuni Islomobodda (Pokiston) Yaqin Sharqdagi vaziyatni yumshatish (deeskalasiya) bo‘yicha muzokaralarni boshlashdi.

Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’lum qilgan.

"Men muzokaralar rasman boshlandimi, deb so‘radim va u (Tramp) tasdiqlovchi javobni berdi", — deya aniqlik kiritdi "NewsNation" telekanali jurnalisti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp, shuningdek, AQSh vakillari bilan o‘tgan muzokaralarda "Eron tomoni qanchalik ochiq bo‘lgani" haqida gapirib berishga va’da bergan.

Kiritildi: Bugun 18:02. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!