AQSh prezidenti Donald Tramp mart oyida Eron bilan kelishuvga erishish rejasini e’lon qildi.
AQSh rahbari bu haqda Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
"Ehtimol, keyingi oy ichida", dedi u kelishuv haqidagi savolga javoban.
Tramp shuningdek, agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Eron uchun "qiyin" bosqich bo‘lishini bashorat qildi.
"Men eronliklar bilan kerak bo‘lgancha gaplashaman. Agar ular bilan kelishuvga erisha olmasak, ikkinchi bosqichga o‘tamiz. Ikkinchi bosqich ular uchun juda qiyin bo‘ladi. Men buni xohlamayman", dedi AQSh prezidenti.
Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar 6 fevral kuni Ummanda bo‘lib o‘tdi. Tramp ularni muvaffaqiyatli deb atadi va muloqot davom etishini aytdi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi ham muzokaralarni yuqori baholadi.