AQSh prezidenti Donald Tramp Eron vakillari uranni boyitish hamda yadroviy qurol ishlab chiqarishdan voz kechishga tayyorligini tasdiqlaganini ma’lum qildi.
“Yuz foiz. Ular to‘xtaydi... Ular bizga [yadroviy] chang qoladi, deb aytishdi”, — dedi Amerika yetakchisi.
Tramp avvalroq Fordov, Isfahon va Natanzdagi, 2025 yilda AQSh tomonidan bombardimon qilingan yadroviy ob’ektlardagi materiallarni “yadroviy chang” deb atagan edi.
Shuningdek, Oq uy rahbari Vashington Eronga qarshi keyingi qadamlarga shoshilmayotganini ta’kidladi.
“Biz hech narsaga shoshilishimiz shart emas. Bizda ularni puldan mahrum qiladigan blokada bor. Masala juda oddiy: biz ularga yadroviy qurolga ega bo‘lishga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, — dedi Tramp.