"Demokratlar buni urush deb atamoqda, biz esa uni harbiy amaliyot deb ataymiz", — dedi AQSh prezidenti.
Oq uy Eron bilan hozirgi mojaro boshlanganidan beri unga nisbatan “urush” so‘zini ishlatishdan bosh tortib, buni “Epik g‘azab amaliyoti” deb atamoqda. Shu bilan birga, Tramp kamida bir marta buni “urush” deb atagan.
2022 yilda, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlaganida, Moskva rasmiylari buni “maxsus harbiy amaliyot”deb atagan va “urush” so‘zidan foydalanishni taqiqlagandi. Urush so‘zini ishlatgan ommaviy axborot vositalari bloklangan, ma’muriy va jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.