Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Eron bilan ehtimoliy kelishuv haqida gapirdi

Tramp Eron bilan ehtimoliy kelishuv haqida gapirdi

Tehron esa tinchlik muzokaralari haqidagi xabarlarni kichiklashtirib, AQSh talablarini real emas deb atadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington va Tehron o‘rtasida urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv «juda mumkin» ekanini yana bir bor ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutka ichida muzokaralar «juda yaxshi» o‘tgan va tomonlar kelishuvga erishishi mumkin.

Oq uyda jurnalistlar oldida so‘zlagan Tramp bitimga erishish «juda ehtimoliy» ekanini aytdi. Shu bilan birga, u kelishuv bo‘lmagan taqdirda harbiy harakatlar qayta boshlanishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Biroq Tehronda ehtimoliy taraqqiyot haqidagi xabarlarga ehtiyotkorona munosabat bildirildi. Eron parlamentining milliy xavfsizlik bo‘yicha komissiyasi vakili Ebrohim Rezoiy AQShning urushni to‘xtatish haqidagi taklifini faqat «Amerika xohishlari ro‘yxati» deb atab, u «reallikni aks ettirmasligini» bildirdi. Eron davlat OAV xabarlariga ko‘ra, mamlakat hukumati hozircha Pokiston orqali yetkazilgan tinchlik rejasini o‘rganmoqda.

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan suhbatda AQSh harakatlari «diplomatiya yo‘lini tahdid, bosim va sanksiyalar tomon burib yuborganini» aytdi. Uning ta’kidlashicha, Tehron Vashington bilan ikki marta muloqotga kirishgan va har ikki holatda ham muzokaralar harbiy zarbalar bilan kuzatilgan.

Shu bilan birga, The Washington Post nashri sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahliliga tayanib xabar berishicha, urush davomida Eron zarbalari Yaqin Sharqdagi AQShga tegishli kamida 228 ta ob’ekt va texnikani shikastlagan yoki yo‘q qilgan. Ular orasida angarlar, kazarmalar, yonilg‘i omborlari hamda aloqa va havo hujumidan mudofaa tizimlari elementlari bor. AQSh Markaziy qo‘mondonligi bu ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortgan.

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!