Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp: «Endi ovoz berishingiz shart emas»

A A A
 Tramp: «Endi ovoz berishingiz shart emas»

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp nasroniy tarafdorlariga agar shu yilning noyabr oyida unga ovoz berishsa, «to‘rt yildan keyin» «qayta ovoz berishga majbur bo‘lmaydi», deb va’da berdi.

«Xristianlar, chiqing va ovoz bering. Shunchaki bir marta. Buni boshqa qilishingiz shart emas. Yana to‘rt yil va siz hamma narsa to‘g‘ri bo‘lishini, hammasi yaxshi bo‘lishini bilasiz, sizlar endi ovoz berishingizga hojat qolmaydi, mening go‘zal nasroniylarim», — dedi prezidentlikka nomzod.

Sobiq prezident aynan nimani nazarda tutgani noma’lum edi va Trampning saylovoldi tashviqoti vakili Stiven Chung Trampning so‘zlariga aniqlik kiritish so‘ralganda, ularga bevosita izoh bermadi.

Chungning aytishicha, Tramp «mamlakatni birlashtirish haqida gapirgan» va ikki hafta avval Trampga suiqasd uyushtirishda «bo‘linuvchi siyosiy muhit»ni ayblagan.

Avvalroq, dekabr oyida Fox News telekanaliga bergan intervyusida Tramp o‘zining «diktatorlik» rejalari haqida gapirib, agar 5 noyabrdagi saylovda g‘alaba qozonsa, «bir kunlik diktator»ga aylanishini aytgan edi.

Tramp o‘shanda birinchi kuniyoq Meksika bilan chegarani yopish niyatida ekanligini tushuntirgan. «Bundan keyin men diktator emasman», deb xulosa qildi respublikachi.

May oyida, Milliy miltiq assosiasiyasi yig‘ilishida nutq so‘zlagan Tramp, u ikki muddatdan ortiq prezident bo‘lishi mumkinligi haqida hazillashdi. U demokrat Franklin Ruzveltning prezidentlik lavozimini ikki muddatdan ortiq boshqargan yagona AQSh prezidenti bo‘lganini tilga oldi. Ikki muddatga cheklov uning prezidentligidan keyin joriy qilingan.

Kiritildi: 13:43 29.07.2024. O'qildi: 1966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik