Tramp endi Meloni bilan do‘st emasligini aytdi.
Oq uy rahbarining fikricha, Italiya bosh vazirining mashhurligi u Eronga qarshi urushda Qo‘shma Shtatlarga yordam berishdan bosh tortgani sababli pasayib bormoqda va shu sababli Meloni Fransiyadagi G7 sammiti vaqtida o‘tkazilgan uchrashuvda Trampdan o‘zi bilan birga suratga tushishni bir necha bor so‘ragan.
"Melonining Italiyadagi mashhurligi pasaymoqda, bunga ehtimol uning Italiyani chin dildan yaxshi ko‘radigan va himoya qiladigan Amerika Qo‘shma Shtatlariga Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishi yoki uni ishlab chiqishini oldini olish masalasida (aytgancha, NATO'ga ham!) rad javobini bergani sabab bo‘lgandir.
Meloni hatto bizga Italiya aviabazalaridagi uchish-qo‘nish yo‘laklaridan foydalanishga ham ruxsat bermadi, bu esa katta logistik noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Vaholanki, AQSh har yili Italiya va NATO bo‘yicha boshqa "ittifoqdoshlar" deb ataladigan davlatlarni himoya qilish uchun yuzlab milliard dollar ajratadi. Endi esa, AQShning Eron ustidan qozongan harbiy g‘alabasidan keyin, u o‘zining reytingini oshirish uchun yana men bilan do‘stlashmoqchi. Yo‘q, rahmat!", — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.