AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganidan so‘ng Moskva bilan uchrashuv o‘tkazishlarini qayd etdi.
“Endi hamma narsa Rossiyada”, - deydi u.
Oq uyda Irlandiya bosh vaziri Maykl Martinni qabul qilish chog‘ida AQSh prezidenti Donald Tramp OAV vakillariga Ukrainadagi tinchlik muzokaralarining borishi haqida gapirdi.
Tramp 11-mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida AQSh va Ukraina delegasiyalari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar davomida Ukraina 30 kunlik vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganini ta’kidladi.
“Kecha (Jiddada) katta muvaffaqiyatga erishdik. Agar bu kuchga kirsa, biz to‘liq sulhga erishamiz. “Endi bu Rossiyada”, - deya qo‘shimcha qildi Tramp va ba’zi amerikalik rasmiylar muzokaralar uchun Moskvaga borganini aytdi.