Donald Tramp AQSh prezidenti saylovidagi raqibi Kamala Harrisdan intervyu olgan CBS News telekanalini sudga berdi.
Tramp telekanalni tahrirlangan videoni qo‘yib tomoshabinlarini chalg‘itishda ayblamoqda. Uning ta’kidlashicha, Harrisga savollar jonli efirda berilmagan va oldindan tayyorlangan javoblardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
"CBS News'ning xatti-harakatlari tufayli xalq intervyuda prezidentlikka nomzodnimi yoki parda ortida yashiringan “muharrirning qo‘g‘irchog‘inimi” — qanday Harrisni ko‘rganini tushunmadi", — deyiladi Trampning da’vosida.
Tramp CBS News telekanalidan kamida $10 mlrd tovon undirishni talab qilgan.