Bugun 5 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Tramp bugun Oq uydagi Oval kabinetdan murojaat bilan chiqadi

Tramp bugun Oq uydagi Oval kabinetdan murojaat bilan chiqadi

Associated Press nashrining ma’lum qilishicha, bugun Tramp AQSh Kosmik qo‘mondonligi shtab-kvartirasi bo‘yicha bayonot beradi.

Taxminlarga ko‘ra, AQSh prezidenti soat 14:00 da (Toshkent vaqti bilan 23:00 da) nutq so‘zlaydi.

"AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat Kosmik qo‘mondonligi shtab-kvartirasini Koloradodan Alabamaning Hantsvill shahriga ko‘chirishini e’lon qilishi kutilmoqda. Bu qaror 2023 yilda sobiq prezident Jo Bayden qabul qilgan shtabni Kolorado-Springsda qoldirish haqidagi qarorni bekor qiladi", deya xabar bermoqda nashr manbalariga tayanib.

Avvalroq, Fox News ham Aqsh yetakchisining murojaat qilishini aytgan edi.

Kiritildi: 21:47 02.09.2025. O'qildi: 1010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!