Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tramp: «Bu nima edi, jin ursin?»

Tramp: «Bu nima edi, jin ursin?»

Prezident Donald Tramp Amerika kinoakademiyasining eng yaxshi film nominasiyasi bo‘yicha «Oskar» mukofotini Janubiy Koreyaning «Parazitlar» filmiga berish to‘g‘risidagi qarorini tanqid qildi. Bu haqda u Kolorado shtatidagi chiqishlari vaqtida ma’lum qilgan, deb xabar beradi Fox News.

«Bu nima edi, jin ursin? Janubiy Koreya bilan yetarlicha savdo muammolarimiz bor. Shunda keyin ham ularga yilning eng yaxshi filmi mukofoti berilmoqda? Bu normal holatmi?», — deya e’tiroz bildiradi Tramp.

Amerika yetakchisi AQShda ko‘plab yaxshi filmlar borligini ta’kidlab, «Shamollarda qolgan hislarim» va «Sanset bulvari» kartinalarini qaytarishni so‘ragan.

AQSh Demokratlar partiyasining milliy qo‘mitasi Trampning ushbu so‘zlariga javoban Twitter’da izoh qoldirgan: «‘Parazitlar’ — bu tabaqalar o‘rtasidagi kurash haqidagi xorij filmi. Uni ko‘rish uchun ikki soat subtitr o‘qish kerak, shu sababli film prezidentga yoqmagan».

10 fevral kuni Amerika kinoakademiyasi eng yaxshi film uchun atalgan 2020 yilgi «Oskar» mukofotiga Janubiy Koreyaning «Parazitlar» filmini loyiq deb topdi. «Parazitlar» filmi bundan tashqari «Eng yaxshi xorijiy film» va «Eng yaxshi original ssenariy» yo‘nalishlarida ham haykalchalarni qo‘lga kiritdi. «Parazitlar»ni suratga olgan Pon Chjun Xo esa eng yaxshi rejissyor deb topildi.

Kiritildi: 11:45 21.02.2020. O'qildi: 5474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!