Donald Tramp Germaniyaning mudofaa harajatlarini tanqid qilishi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Germaniya mudofaa uchun harajatlar hajmini oshirdi. Bunday harakat keyin ham oshirilib borishi ta’kidlandi.
Kansler xonim mudofaa uchun harajatlar hajmi bundan keyin ham oshirilib borishini ta’kidladi.
Shanba kuni Bundesver askarlari oldida chiqish qilarkan, Angela Merkel Mudofaa vazirligi o‘z vazifalarini bajarishini qo‘llab-quvvatlash uchun buni amalga oshirganini aytgan.
“Bu bizning askarlarimiz oldidagi qarzimiz. Bu BMT, NATO va Yevropa Ittifoqidagi hamkorlarimiz oldidagi sharafimiz”, degan Merkel xonim o‘z chiqishida.
AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniyaning mudofaa harajatlarini doim tanqid qilib keladi. Unga ko‘ra, Berlin NATO oldidadgi majburiyatlari uchun “adolatli ulushi”ni qo‘shmay kelmoqda.
NATO bosh kotibi Trampning bosimi o‘z samarasini berganini e’tirof etgan: “NATO davlatlari 2020 yilning oxirigacha qo‘shimcha 88 mlrd yevro ajratishga qaror qilgan.”