Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp: Belarus yaqinda yuzlab mahbuslarni ozod qilishi mumkin

Tramp: Belarus yaqinda yuzlab mahbuslarni ozod qilishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp Belarus yaqin kunlarda yuzlab mahbuslarni ozod qilishi mumkinligini bildirdi. Ularning aksariyati siyosiy sabablarga ko‘ra hibsga olingani ta’kidlanmoqda.

Oq uyda jurnalistlar savollariga javob bergan Tramp yaqinda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali suhbatlashganini aytdi. U 16 mahbusning ozod etilganini “yaxshi ishora” deb baholab, “Lukashenko hurmatli inson va kuchli yetakchi” ekanini qayd etdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Belarusda turli mamlakatlardan kelgan 1400–1500 nafar odam hibsda saqlanmoqda, ularning katta qismi siyosiy mahbuslardir. AQSh prezidenti ushbu shaxslar yaqin orada ozod qilinishiga ishonch bildirdi.

Avvalroq, 15 avgust kuni Tramp Lukashenko bilan “juda yaxshi” suhbatlashganini aytgan va “qo‘ng‘iroqdan ko‘zlangan asosiy maqsad 16 mahbusni ozod qilgani uchun minnatdorchilik bildirish, shu bilan birga yana 1300 mahbusni ozod qilish imkoniyatini muhokama qilish” bo‘lganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek, 21 iyun kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan AQShning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellog uchrashuvidan so‘ng Minsk turli mamlakat fuqarolari bo‘lgan 14 mahbusni ozod qilishga qaror qilgani ham ma’lum qilingan.

Kiritildi: 17:53 06.09.2025. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!