Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Tramp: "Baydenning oilasini qamoqqa olish kerak!"

Tramp: "Baydenning oilasini qamoqqa olish kerak!"

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Jozef Bayden va uning oilasini korrupsiya uchun qamoqqa olishga chaqirdi.

«Baydenning oilasi korrupsiyalashgan. Bu korrupsiyalashgan oila. Baydenlarni qamoqqa olish kerak», degan Tramp Jorjiya shtatida o‘tkazilgan saylovoldi mitingda.

Mitingga kelganlardan bu da’vatga «Ularni qamoqqa oling!» deya javob qaytgan.

Tramp, shuningdek, AQShning sobiq davlat kotibi Xillari Klintonni ham qamoqqa olish kerak degan.

O‘z nutqi oxirida Tramp Baydenning butun oilasini «jinoiy guruh» deb bilishini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, AQShda prezident saylovi 2020 yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 05:00 18.10.2020. O'qildi: 2210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!