AQSh Prezidenti Donald Tramp Vashington tomonidan Kiyevga yo‘naltirilgan mablag‘larning sarflanishini tekshirish zarurligini ma’lum qildi.
Bu haqda u Oq uyda Irlandiya Bosh vaziri Mixol Martin bilan uchrashuv avvalida jurnalistlarga gapirib berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh endilikda Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul ajratmayapti.
«Ular bizdan to‘liq qiymatida sotib olishmoqda. Ammo AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden ularga qurol-yarog‘ uchun 350—400 milliard dollar naqd pul o‘tkazib bergan», — dedi Amerika yetakchisi.
Tramp ushbu mablag‘lardan foydalanish tekshiruvni talab qilishini ta’kidladi.