Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp Bayden va Putin uchrashuvidan hech narsa olmaganini aytdi

Tramp Bayden va Putin uchrashuvidan hech narsa olmaganini aytdi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp AQSh Jo Bayden va Vladimir Putin uchrashuvidan hech narsa olmaganini aytdi.

Tramp Bayden va Putin uchrashuvidan hech narsa olmaganini aytdi“Biz hech narsa olmadik, biz sahnani berib qo‘ygan edik, ammo natija olmadik”, – dedi Tramp FoxNews’ga bergan intervyusida. “Menincha, Rossiya uchun bu yaxshi kun bo‘ldi”, – qo‘shib qo‘ydi u.

Trampning fikricha, Rossiya va AQSh “ajoyib” munosabatlarda bo‘lishi mumkin edi. “Ular (munosabatlar) haqiqatdan ham ikkala taraf uchun o‘zaro manfaatli bo‘lishi mumkin edi”, – deb ta’kidladi sobiq prezident. Trampning aytishicha, Rossiya AQSh bilan iqtisodiy hamkorlikdan manfaatdor, va o‘z navbatida, Vashingtonning ham Moskvadan oladigan narsalari bor.

“Qazilma boyliklari nuqati nazaridan ularning yerlari juda qimmatbaho”, – deb fikrini oydinlashtirdi u.

Eslatib o‘tamiz, prezidentlar Bayden va Putinning uchrashuvi 16 iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar qariyb 4,5 soat davom etdi.

Kiritildi: 11:50 17.06.2021. O'qildi: 2634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!