AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika kuchlari Eronning Xark orolini egallab olishga urinishi mumkinligini istisno qilmadi.
Tramp bu haqda The Financial Times nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Balki biz Xark orolini egallab olarmiz. Balki olmaymiz. Bizda ko‘p variantlar bor", dedi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday harakat orolda Amerika kuchlarining ma’lum vaqt davomida bo‘lishini talab qiladi.
"Menimcha, ularda hech qanday mudofaa yo‘q. Biz buni juda osonlikcha egallab olishimiz mumkin", deb qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.