Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp rafiqasi Melaniya Tramp bilan birga tarafdorlari uchun AQShning 45-prezidenti saytini ishga tushirdi.
«Fuqarolar va jamiyat faolligi vositasida Donald Trampning ofisi jamiyatning barcha qatlamlariga tegishli amerikaliklarga ma’lumotlar taqdim etadi, o‘rgatadi va ruhlantiradi, biz chin ma’noda buyuk Amerika qurishga harakat qilmoqdamiz» deyiladi veb-saytning ilk sahifasida.
Portal odamlarga Donald va Melaniya Trampga xabarlar yuborish, jurnalistlarga esa juftlikning tadbirlar grafigini kuzatish va izoh so‘rash imkoniyatini beradi.
Fox News yozishicha, qator mediaplatformalar Trampning akkauntlarini qulflab qo‘yganidan so‘ng, sayt sobiq prezidentning o‘z tarafdorlari bilan muloqotda qolish uchun harakatidir.
21 mart kuni Tramp ijtimoiy mediaga o‘z platformasi orqali qaytishini e’lon qilgan edi.