1 iyunga qadar AQShda koronavirus qurbonlari soni ikki baravar ko‘payadi — kuniga 3 minggacha odam vafot etadi. Bu haqda New York Times gazetasi prezident Donald Tramp ma’muriyatiga tayanib xabar bermoqda.
Prognozlar Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining ma’lumotlariga asoslanadi. Bundan tashqari, AQShda har kuni 200 mingga yaqin yangi infeksiya holatlari aniqlanadi — hozirgi kunda mamlakatda kuniga 25 ming kishi virus yuqtirmoqda.
Avvalroq Tramp AQShdagi koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha yangi prognozni bergan edi. Unga ko‘ra, mamlakatni dahshatli kunlar kutmoqda — koronavirus bilan kasallangan 100 ming bemor o‘lishi mumkin, bu uning oldingi prognoziga nisbatan ancha ko‘p. "Biz 75-80-100000 kishini yo‘qotamiz" dedi Tramp va buni "dahshatli vaziyat" deb atadi.