Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp AQShdagi saylovlar oldidan Putinga yon beradimi?

Tramp AQShdagi saylovlar oldidan Putinga yon beradimi?

Ukraina hukumati vakillari AQSh prezidenti Donald Trampning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Kongressga oraliq saylovlar oldidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yangi yon berishlaridan xavotir bildirmoqda. Bu haqda BILD nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevda Tramp AQShda yoqilg‘i narxlarini pasaytirish va ichki siyosiy muammolardan jamoatchilik e’tiborini chalg‘itish maqsadida Moskva bilan kelishuvlarga borishi mumkin, deb hisoblashmoqda.

So‘nggi kunlarda Tramp Putin bilan Rossiya dizel yoqilg‘isini yetkazib berish masalasini kelishib olgani va buning uchun sanksiyalarni yumshatgani aytilmoqda. Shuningdek, u Rossiya va Ukraina energetika ob’ektlariga zarbalarni zudlik bilan to‘xtatish haqida bayonot berdi. Biroq Kiyev ham, Moskva ham bunday kelishuv mavjudligini tasdiqlamagan.

Trampning bayonotidan ko‘p o‘tmay, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Xarkovdagi issiqlik elektr stansiyasiga zarba berganini ma’lum qildi.

Vaziyat AQSh va Ukraina prezidentlari o‘rtasidagi ochiq ziddiyat tufayli yanada keskinlashdi. Zelenskiy Trampni Rossiya dizel yoqilg‘isi bo‘yicha kelishuvi uchun tanqid qilgan bo‘lsa, AQSh rahbari Ukrainaga yangi prezident kerakligini aytdi.

Kiyevda Vashington Ukrainadan Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalarni to‘xtatishni talab qilishi mumkinligidan ham xavotir olinmoqda.

Avvalroq Financial Times nashri AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni cheklash va Amerika razvedka ma’lumotlarini taqdim etishni to‘xtatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. Ukraina AQShga qaramligini kamaytirishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, Amerika razvedkasining imkoniyatlarini to‘liq almashtirish hozircha qiyinligicha qolmoqda.

Kiritildi: 20:00 12.10.2026. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!