Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp AQShda o‘q-dori zaxiralari yetarli ekanini bildirdi

Tramp AQShda o‘q-dori zaxiralari yetarli ekanini bildirdi



AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatning harbiy zaxiralari tugayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat o‘rta va yuqori darajadagi o‘q-dorilarning cheksiz zaxirasiga ega va ishlab chiqarish hajmi yuqori darajaga yetgan.

“Biz zaxiralarni to‘plab, har qanday kutilmagan vaziyatga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Hozircha biz ularni boshqalarga sotmasdan o‘zimizda olib qolyapmiz, biroq ittifoqchilarga qurol sotish yaqin orada qayta tiklanadi”, — deya ta’kidlagan AQSh yetakchisi.

Tramp, shuningdek, Ukraina va NATOga bepul berilgan yuzlab milliard dollarlik yordamni Yevropa to‘lashi kerakligini va AQSh kechikib bo‘lsa-da, bu mablag‘larni talab qilib olishini qo‘shimcha qilgan.

Kiritildi: 19:48 04.09.2026. O'qildi: 698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!