Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning harbiy zaxiralari tugayotgani haqidagi xabarlarni inkor etib, mamlakati o‘rta va yuqori masofali o‘q-dorilarning cheksiz zaxirasiga egaligi va ishlab chiqarish hajmi yuqori darajaga yetganini bildirdi.
"Biz zaxiralarni to‘plab, har qanday kutilmagan vaziyatga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Hozircha biz ularni boshqalarga sotmasdan o‘zimizda olib qolyapmiz, biroq ittifoqchilarga qurol sotish yaqin orada qayta tiklanadi.
Ukraina va NATOga bepul berilgan yuzlab mlrd dollarlik yordam uchun Yevropa to‘lashi kerak edi. Biz kechikib bo‘lsa-da, mablag‘larni talab qilib olamiz", — deb ta’kidladi AQSh yetakchisi.