Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp AQShda “tug‘ruq turizmi”ni taqiqladi

Tramp AQShda “tug‘ruq turizmi”ni taqiqladi

Uning ta’kidlashicha, yuz minglab odamlar AQSh hududida tug‘ilgan bolalarga fuqarolik berish bo‘yicha Konstitusiyaga kiritilgan tuzatishni suiiste’mol qilib kelgan.

"Bu katta biznesga aylanib ketgan edi. Biz bu noqonuniy biznesni to‘xtatamiz", — dedi AQSh prezidenti.

Endi xorijliklar AQShda farzand ko‘rish orqali mamlakat fuqaroligini ololmaydi. Tramp tug‘ilish bo‘yicha fuqarolik berish tartibini cheklash hamda “tug‘ruq turizmi”ga qarshi choralarni kuchaytirishga qaratilgan ikkita farmonni imzoladi.

AQShda Konstitusiyaning 14-tuzatishi mamlakatda tug‘ilgan deyarli har bir bolaga fuqarolik huquqini beradi. Bu tartib 1868 yildan beri amal qiladi. 1898 yilda esa Oliy sud uni xorijlik ota-onalar farzandlariga ham tatbiq etgan. OAVning yozishicha, Trampning bu farmoni sudda Konstitusiyaga zid deb topilishi mumkin.

Migrasiya siyosati instituti ma’lum qilishicha, AQShda har yili “tug‘uruq turizmi” orqali taxminan 22 000 dan 26 000 gacha chaqaloq dunyoga keladi. Institut taqdim etgan hukumat ma’lumotlariga ko‘ra 2024 yilda xorijiy manzilga ega bo‘lgan onalardan 9 600 nafar bola tug‘ilgan.

Kiritildi: 13:02 07.08.2026. O'qildi: 1199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!