Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp AQShda qachon inqilob bo‘lishini aytdi

A A A
Tramp AQShda qachon inqilob bo‘lishini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp uning raqibi, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden saylansa, mamlakatda inqilob bo‘lishini bashorat qildi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, agar Bayden prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, mamlakatda hokimiyat tepasiga radikal so‘l kuchlar keladi. «Demokratlar radikal so‘l tomon ustidan nazoratni yo‘qotdilar. U zaif odam va butun hayoti davomida shunday bo‘lgan. U qo‘g‘irchoq kabi boshqariladi. Bu inqilob», — dedi Amerika rahbari o‘z fikrini bildirib. U raqibini kim boshqarayotganini bilmasligini ta’kidladi.

Oq uy rahbari sobiq vise-prezident saylovlarda qatnashmasligi kerakligini aytib o‘tdi. Tarafdorlarining namoyishchilarga qarshi chiqish istagi haqida so‘ralganda, Tramp buni xohlamasligini va bu ishni huquqni muhofaza qilish organlariga topshirishini aytdi.

AQShda navbatdagi prezident saylovlari 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Taxminlarga ko‘ra, amerikalik saylovchilarning 48 foizi Baydenga, 42 foizi Trampga ovoz berishga tayyor. Shu bilan birga, fuqarolarning yana 10 foizi o‘z tanlovi to‘g‘risida hali qaror qilmaganligini aytdi.

Kiritildi: 08:26 01.09.2020. O'qildi: 2266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik