Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp: AQSh Xark oroli ustidan nazorat o‘rnatishi mumkin

Tramp: AQSh Xark oroli ustidan nazorat o‘rnatishi mumkin

Donald Trampning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar yaqin kelajakda Eronning strategik ahamiyatga ega Xark oroli va boshqa neft infratuzilmasi ob’ektlari ustidan nazorat o‘rnatishi mumkin.

“Unchalik uzoq bo‘lmagan kelajakda biz Xark oroli va Eronning boshqa neft infratuzilmasi ob’ektlarini nazorat qilamiz. Xuddi Venesuelada bo‘lgani kabi”, — dedi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

AQSh rahbarining ta’kidlashicha, bunday ssenariy ham Vashington, ham energiya bozori uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Xark oroli Eron neft eksport tizimining asosiy markazlaridan biri hisoblanadi. Tahlillarga ko‘ra, AQSh va Isroilning harbiy operasiyalari boshlanishidan oldin mamlakat neft eksportining qariyb 94 foizi aynan shu orqali amalga oshirilgan.

Orol infratuzilmasining kunlik o‘tkazish quvvati taxminan 7 million barrelni tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil mart oyidan 2026 yil mart oyigacha Xark oroli terminallari orqali 553 million barreldan ortiq Eron nefti jahon bozoriga yetkazib berilgan.

Trampning bayonoti Vashington va Tehron o‘rtasidagi keskinlik saqlanib qolayotgan bir paytda yangradi. Hozircha Eron tomoni mazkur bayonotga rasmiy munosabat bildirmagan.

Kiritildi: Bugun 18:53. O'qildi: 223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!