Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp: "AQSh Ukrainadagi mojaroni tugatish ustida ishlashda davom etmoqda"

Tramp: "AQSh Ukrainadagi mojaroni tugatish ustida ishlashda davom etmoqda"

Vashington Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Fox News telekanalida ma’lum qildi.

"Biz bu yo‘nalishda choralar ko‘rmoqdamiz, ammo harbiy harakatlar davom etmoqda", deb ta’kidladi u.

Oq uy rahbari shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan muloqotni davom ettirishini aytdi. Biroq, Tramp suhbatlar tafsilotlarini aytib berishdan yoki ularning biri bilan oxirgi marta qachon gaplashganini aniqlashtirishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi AQSh ishtirokidagi muzokaralar "to‘xtatilganini" aytgan edi.

Kiritildi: Bugun 07:10. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!