Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp: "AQSh tutib olingan Venesuela tankerlarini saqlab qoladi"

Tramp: "AQSh tutib olingan Venesuela tankerlarini saqlab qoladi"

Qo‘shma Shtatlar xalqaro suvlarda tutib olingan Venesuela tankerlaridagi neftni ham, kemalarning o‘zini ham o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Biz neftni saqlab qolamiz. Biz undan strategik zaxiralarni to‘ldirish uchun foydalanishimiz mumkin. Biz uni saqlab qolamiz. Kemalarni ham saqlab qolamiz", dedi u.

Shu bilan birga Tramp yana Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroga tahdid qildi.

"Agar Maduro qattiqqo‘l bo‘lsa, bu oxirgi marta qattiqqo‘l bo‘ladi", dedi AQSh prezidenti.

10 dekabr kuni Tramp Venesuela neftini olib ketayotgan sanksiyadagi neft tankeri hibsga olinganini e’lon qildi va o‘shanda ham Qo‘shma Shtatlar neftni saqlab qolishni rejalashtirganini ta’kidladi.

20 dekabr kuni Qo‘shma Shtatlar Panama bayrog‘i ostida suzib ketayotgan va Xitoy neftni qayta ishlash zavodlariga yoqilg‘i yetkazib berayotgan xitoylik neft treyderi uchun yuk olib ketayotgan Centuries tankerining tutib olinganini tasdiqladi. Kema AQSh sanksiyalariga tobe emas. 21 dekabr kuni Bloomberg agentligi Panama bayrog‘i ostida suzib, Venesuelaga yo‘l olgan Bella 1 tankeri qo‘lga olingani haqida xabar berdi. The New York Times gazetasining yozishicha, AQSh hukumati Bella 1ni hibsga olish uchun order olgan, chunki kema avvalroq Eron neftini tashish bilan shug‘ullangan bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!