Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp AQSh tarixidagi rekord darajadagi harbiy byudjetni so‘radi

Tramp AQSh tarixidagi rekord darajadagi harbiy byudjetni so‘radi

Tramp AQSh tarixidagi rekord darajadagi harbiy byudjetni so‘radi — xarajatlar "ijtimoiy soha" hisobidan qoplanadi.

AQSh prezidenti ma’muriyati Kongressdan 2027 moliyaviy yil uchun mudofaaga 1,5 trillion dollar ajratishni so‘radi. Bu mamlakatning zamonaviy tarixidagi eng yirik summadir, deb xabar bermoqda The New York Times.

Nashrning yozishicha, Tramp xarajatlarning keskin oshishini Eron bilan davom etayotgan urush va qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘ldirish zarurati bilan izohladi. Summaning asosiy qismi — 1,1 trillion dollardan ortig‘i — standart byudjet tartibi orqali, yana 350 milliard dollari esa byudjetni muvofiqlashtirish mexanizmi orqali o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Oq uy ichki xarajatlarni 73 milliard dollarga qisqartirishni taklif qilyapti: iqlim, uy-joy va ta’lim sohasidagi dasturlar bundan zarar ko‘radi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, "mamlakat mudofaasi" ijtimoiy dasturlardan muhimroq. Sog‘liqni saqlash va maktabgacha ta’limni moliyalashtirishni esa u shtatlar zimmasiga yuklashni taklif qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:58. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!