AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden amaldagi Amerika rahbari Donald Trampni AQShni boshqara olgan birinchi irqchi deb atadi.
“The Washington Post” nashriga ko‘ra, saylovchilar bilan onlayn uchrashuv paytida Bayden ishtirokchilardan birining «Tramp koronavirusning paydo bo‘lishi va tarqalishi uchun Xitoyni ayblamoqchi bo‘lib, uni «Xitoy virusi deb atagan» qo‘shilgan va Tramp "odamlarni terining rangi, millati, kelib chiqishi, mamlakati bo‘yicha ajratgan va bu mutlaqo jirkanch ishdir" deya ta’kidlagan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika rahbarining xatti-harakatlari "mamlakatni ikkiga bo‘lgan".
“Hech bir amaldagi prezident bunday qilmagan. Na respublikachi va na demokrat. Bizda prezident bo‘lishga harakat qilgan irqchilar bo‘lgan. U esa bu ishni amalga oshirgan birinchilardan bo‘ldi”, deydi Bayden.