Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp Twitter dagi sahifasida yozdi. U demokratlarning quruq beton devor tiklashni istamaganini eslatib, badiiy bezakli shunday devor quramizki, unga qaralsa, narigi tomon ko‘rinadi.
U chiroyli va ayni paytda davlat xavfsizligini ta’minlaydigan bo‘ladi , deydi Tramp.
Ma’lumot uchun, Trampning saylovoldi va’dasi bo‘lgan devor qurilishi shu yil avgustdan boshlandi. Tramp ma’muriyati uni qurish uchun 25 milliard dollar so‘raganiga qaramay, byudjetga ko‘ra 1,6 milliard mablag‘ ajratilgan.
Manba: O‘zA