AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Venesueladagi harbiy operasiyadan keyin Kuba rasmiylari bilan mumkin bo‘lgan "kelishuv" bo‘yicha aloqada ekanligini ma’lum qildi.
Bu haqda Oq uy rahbari jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Tez orada bilib olasiz. Biz Kuba bilan gaplashyapmiz. Tez orada bilib olasiz", dedi Amerika yetakchisi Vashington Gavana bilan qanday "kelishuv"ga erishmoqchi ekanligi haqidagi savolga javob berar ekan.
Tramp shuningdek, Venesuyela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges bilan "biron bir vaqtda" uchrashishini ta’kidladi.