Oq uy rahbarining Truth Social platformasida yozilgan postida qayd etilishicha, AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kirishga va u yerdan chiqishga urinayotgan barcha kemalar harakatini cheklaydi.
"Qo‘shma Shtatlarning Eron bilan muzokaralari yaxshi o‘tdi, yadroviy masaladan tashqari aksariyat masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tehron o‘zining yadroviy qurolga ega bo‘lish maqsadidan voz kechishga rozi bo‘lmadi.
Men, shuningdek, Harbiy-dengiz kuchlarimizga Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun Eronga boj to‘lagan har bir kemani xalqaro suvlarda aniqlash va to‘xtatib qolishni topshirdim. Noqonuniy boj to‘laydigan hech kim ochiq dengizda xavfsiz o‘tish yo‘lagiga ega bo‘lmaydi. Bundan tashqari, biz eronliklar bo‘g‘ozga o‘rnatgan minalarni yo‘q qilishni boshlaymiz.
Bizga yoki fuqarolik kemalariga qarata o‘t ochgan har qanday eronlik JAHANNAMGA RAVONA QILINADI! Shundog‘am ularning mamlakatini vayron qilgan bu vaziyatga qanday qilib CHEK QO‘YISHNI Eron barchadan yaxshi biladi", — deyiladi AQSh prezidentining postida