AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan harbiy nazorat o‘rnatishi AQShda va butun dunyoda dizel yoqilg‘isi narxlarini sezilarli darajada pasaytirishini aytdi.
Amerika yetakchisi bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
"Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq nazorat qilganimiz tufayli amerikaliklar va umuman butun dunyo uchun dizel yoqilg‘isi narxlari rekord darajada tez pasayadi!", deb ta’kidladi Tramp.
U amerikaliklar uchun yoqilg‘i narxlarini pasaytirish uning eng ustuvor vazifalaridan biri ekanligini aytdi.