Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp AQSh harbiy rahbariyati bilan birga bayonot beradi

Tramp AQSh harbiy rahbariyati bilan birga bayonot beradi

AQSh prezidenti Donald Tramp mavzusi sir tutilayotgan rasmiy murojaat bilan chiqmoqchi. Tadbirda xavfsizlik idoralari rahbarlari ham ishtirok etadi.

Jadvalga ko‘ra, chiqish 22 dekabr, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 16:30 da (seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 02:30) bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari bilan birga Pentagon rahbari Pit Xegset va AQSh harbiy-dengiz kuchlari vaziri Jon Felan so‘zga chiqadi.

E’tiborlisi, murojaat Vashingtondan emas, balki prezidentning Florida shtatidagi Palm-Bichdagi qarorgohidan amalga oshiriladi.

Bayonotni tayyorlashdan oldin tadbir boshlanishidan roppa-rosa bir soat oldin Tramp uchun razvedka masalalari bo‘yicha yopiq brifing o‘tkaziladi.

Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!