AQSh prezidenti Donald Trampning Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida bergan bayonotiga ko‘ra, qo‘shimcha mablag‘lar “orzu armiyasi” deb ataluvchi kuchni shakllantirish va Qo‘shma Shtatlarni har qanday tahdidlardan himoya qilish imkonini beradi.
Trampning ta’kidlashicha, mudofaa xarajatlarining oshishi boshqa davlatlarga nisbatan joriy etilgan savdo bojlari, shuningdek, AQSh byudjetiga katta daromad keltirayotgan tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
"AQSh senatorlari, kongressmenlari, vazirlari va boshqa siyosiy vakillari bilan uzoq va murakkab muzokaralardan so‘ng shunday xulosaga keldimki, mamlakatimiz manfaatlari yo‘lida, ayniqsa hozirgi nihoyatda xavotirli va xavfli davrda, 2027 yil uchun harbiy byudjet 1 trillion dollar emas, balki 1,5 trillion dollar bo‘lishi kerak", — deb yozdi u.
Qo‘shma Shtatlarning 2025 yilgi mudofaa byudjeti ham rekord darajada bo‘lib, 895 milliard dollarni tashkil etgan.