Agar Vashington va Tehron Islom Respublikasining yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, Vashington ma’muriyati Eronga qarshi qattiq choralar ko‘radi.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Axios nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Yoki kelishuvga erishamiz, yoki o‘tgan safargidek qattiq choralar ko‘rishimiz kerak bo‘ladi", dedi u 2025 yil iyun oyida Eron yadroviy inshootlariga qilingan zarbalar haqida gapirar ekan.