AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan boshlagan urush tufayli AQSh qurol-yarog‘ yetishmayotgani haqidagi ommaviy axborot vositalari xabarlarini rad etdi va mamlakatda cheksiz o‘q-dorilar zaxirasi borligini ta’kidladi.
Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
"Bizda o‘q-dorilar yo‘qligini doimiy ravishda da’vo qiladigan odamlar va ommaviy axborot vositalari (bu 100 foiz yolg‘on!) aslida xiyonat qilmoqda. Ular buni Qo‘shma Shtatlarning men g‘alaba qozonganimni ko‘rishdan ko‘ra, biz osonlikcha yutib chiqayotgan urushda mag‘lub bo‘lishini ko‘rishni istaganliklari uchun qilishadi!”, deyiladi postda.
Tramp AQShda Erondagi hozirgi harbiy operasiya uchun zarur bo‘lganidan ancha ko‘p miqdorda o‘rta va yuqori darajadagi o‘q-dorilar zaxirasi borligini ta’kidladi.
“Bundan tashqari, biz misli ko‘rilmagan miqdorda o‘q-dorilar ishlab chiqarmoqdamiz. Biz ularni zaxiraga solmoqdamiz va har qanday mumkin bo‘lgan ssenariyga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Biz uni boshqa mamlakatlarga sotish o‘rniga, o‘zimiz uchun, Qo‘shma Shtatlar uchun saqlab qo‘ymoqdamiz, ammo ittifoqchilarimizga yetkazib berish tez orada qayta boshlanadi”, deb tushuntirdi u.