Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp: AQSh bu kecha Eronga yangi zarba berishi mumkin

Tramp: AQSh bu kecha Eronga yangi zarba berishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp 8 iyul kuni kechqurun Amerika qo‘shinlari Eronga yangi zarba berishi mumkinligini ma’lum qildi.

Tramp bu haqda Anqarada o‘tayotgan NATO sammiti doirasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida bayonot berdi.

«Biz bugun kechqurun ularga qattiq zarba berishimiz mumkin», — dedi AQSh prezidenti va buni Tehron uchun «kichik ogohlantirish» deb atadi.

Shuningdek, Tramp Eron rahbariyatini «yolg‘on gapirish, firibgarlik qilish va odamlarni o‘ldirish»da aybladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaroni kelishuvsiz yakunlash ham mumkin va bu «osonroq bo‘lishi» mumkin.

Kiritildi: 19:31 08.07.2026. O'qildi: 1175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!