AQSh prezidenti Donald Tramp apellyasiya sudining Oq uy bal zalini qurishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori ustidan Oliy sudga shikoyat qilishini ma’lum qildi.
Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
"Biz darhol Qo‘shma Shtatlar Oliy sudiga apellyasiya beramiz", deb yozgan Amerika yetakchisi.
Shuningdek, Tramp Oliy sud apellyasiya sudining qarorini adolasiz deb atab, uni bekor qilishi kerakligini aytdi.