Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

Tramp: AQSh «Al-Qoida»ning Arabiston yarimorolidagi yetakchisini o‘ldirdi

A A A
Tramp: AQSh «Al-Qoida»ning Arabiston yarimorolidagi yetakchisini o‘ldirdi

«Al-Qoida» terrorchilik tashkilotining Arabiston yarimorolidagi guruhi (AQAP) yetakchisi Qosim ar-Rimiy AQSh harbiylari Yamanda o‘tkazgan aksilterror amaliyot natijasida o‘ldirilgan. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

«Ar-Rimiy boshchilik qilgan davrda AQAP Yamandagi tinch aholiga qarshi qonli terrorchilik harakatlari uyushtirilgan, shuningdek, u bir necha bor amerikalik harbiylarga hujum uyushtirishga uringan.

Uning o‘limi guruhni va «Al-Qoida»ni yanada kuchsizlantiradi. Bu esa bizning milliy xavfsizligimizga bo‘lgan jiddiy tahdid bartaraf etilishi demakdir», deganprezident. U amaliyot qachon o‘tkazilganini aniq aytmagan.

CNN telekanali ma’lumotiga ko‘ra, AQSh harbiylarining uchuvchisiz uchar qurilmasi 31 yanvar kuni Marib shahri yaqinida jangarilar pozisiyasiga zarba bergan. Qosim ar-Rimiy bilan uning o‘rinbosari Ayman az-Zavahiriy ham o‘ldirilgan.

Qosim ar-Rimiy «Al-Qoida»ga 1990-yillarda qo‘shilgan. AQSh AQAP guruhini «Al-Qoida»ning eng xavfli tarmog‘i deb hisoblar edi.

Bundan avvalroq «Al-Qoida» Floridadagi harbiy bazaga uyushtirilgan hujum bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgandi. Ko‘ngilsiz hodisa 2019 yilning dekabrida sodir bo‘lgan: saudiyalik harbiylar dengizchilarga qarata o‘t ochgan, uch kishi halok bo‘lgan, yana sakkiz kishi jarohat olgan edi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 05:00 08.02.2020. O'qildi: 2689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!