Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp annekciya g‘oyasidan voz kechadimi?

Tramp annekciya g‘oyasidan voz kechadimi?

Evropa davlatlari NATO qo‘shinlarini Grenlandiyada joylashtirish masalasini muhokama qilmoqda, ular bu orqali Trampni annekciya g‘oyasidan voz kechishga ko‘ndirmoqchi — The Telegraph.

"Buyuk Britaniya hukumati Yevropadagi ittifoqchilar bilan Grenlandiyada NATO harbiy kontingentini joylashtirish ehtimoli bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bundan maqsad Grenlandiya mudofaasini kuchaytirish hamda AQSh prezidenti Donald Trampni orolni annekciya qilish g‘oyasidan voz kechishga ishontirish", deya yozmoqda nashr.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, bu tashabbus 8 yanvar kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO ittifoqchilari uchrashuvida ham muhokama qilingan. Uchrashuv ishtirokchilari NATO'ning Yevropadagi Birlashgan qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligiga Arktika xavfsizligini ta’minlash uchun qanday choralar ko‘rish mumkinligini aniqlash vazifasini yuklagan.

Bundan tashqari, The Telegraph'ga ko‘ra, agar Tramp NATO kuchlarini joylashtirish taklifini rad etsa, Yevropa Ittifoqi AQSh kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etish rejasini ham ishlab chiqmoqda. Bunday cheklovlarga Meta, Google, Microsoft va X, shuningdek, AQSh banklari va moliyaviy kompaniyalari duch kelishi mumkin.

Kiritildi: 16:59 11.01.2026. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!