Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘oniston va Iroqdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish rejalari haqida ma’lum qildi.
AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller 15 yanvarga qadar har ikki mamlakatda qo‘shinlar soni 2500 kishiga kamayishini aytdi. Ta’kidlanishicha, bunday qaror Prezident Donald Tramp tomonidan kuchlarni qayta guruhlashtirish doirasida imzolangan. Miller shuningdek, Trampning Afg‘oniston va Iroqdagi operasiyalarini muvaffaqiyatli va mas’uliyatli yakunlash istagini ta’kidladi.
Trampning Afg‘oniston va Iroqdagi qo‘shinlar sonini kamaytirish istagi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Bir qator ommaviy axborot vositalarining yozishicha, yaqinda davlat rahbari tomonidan tashkil qilingan Pentagonda kadrlar almashinuvi ushbu rejalar bilan bog‘liq. Xususan, ishdan bo‘shatilgan harbiy bo‘lim boshlig‘i Mark Esper prezidentga yozgan maxfiy xatida Afg‘onistondan qo‘shinlarning to‘liq olib chiqilishiga qarshi ekanligi haqida gapirgani ma’lum bo‘lgan.
Iyul oyida Davlat kotibi Mayk Pompeo Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi qo‘shinlarini 2021 yil mayigacha to‘liq olib chiqishni rejalashtirayotganini e’lon qildi.