Bu haqda ABC News nashr yozmoqda.
Qayd etilishicha, AQSh tarixidagi xorijiy davlatning eng qimmat sovg‘asi Trampga kelasi haftada, Qatarga tashrifi chog‘ida taqdim etilishi mumkin. Nashr manbalariga ko‘ra, Amerika yetakchisiga sovg‘a qilinishi va’da qilingan samolyotning narxi qo‘shimcha aloqa xavfsizligi vositalarini hisobga olmaganda, taxminan 400 million dollarni tashkil qiladi.
Ma’lum qilinishicha, Amerika prezidenti fevral oyida o‘zining hashamatli ichki kvartiralari tufayli "havodagi qal’a" laqabini olgan samolyotni ko‘zdan kechirgan.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Donald Tramp ushbu sovg‘adan prezidentlik muddati tugaguniga qadar foydalanadi. Keyin samolyot Tramp prezidentlik kutubxonasi kolleksiyasiga topshiriladi.