Bundan maqsad respublikachilarni qo‘llab-quvvatlash, deb xabar bermoqda Bloomberg.
"AQSh prezidenti Donald Tramp 2026 yilda o‘tkaziladigan Kongressga oraliq saylovlar kampaniyasi doirasida mamlakat bo‘ylab sayohatlarni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda", deya xabar bermoqda nashr.
Agentlik manbalarining ma’lum qilishicha, Tramp o‘zining birinchi prezidentlik davrida kuzatilgani kabi demokratlarning Kongress Vakillar palatasida nazoratni qo‘lga olishi, qonunchilik tashabbuslari to‘xtab qolishi va unga ikki marta impichment e’lon qilishga urinishlar kabi holatlarning takrorlanishidan xavotirda. Shu sababli prezident 2026 yilgi saylov kampaniyasida safarlarni faolroq amalga oshirishni istamoqda.
Oq uy Trampning bu rejalari haqida izoh bermadi. Biroq avvalroq Tramp respublikachilarni shaxsan qo‘llab-quvvatlashini va Kongressning ikkala palatasida ham nazoratni saqlab qolishni maqsad qilganini bildirgan edi.