AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik kelishuvi joriy yilning 15 mayiga qadar tuzilishiga umid qilmoqda. Bu haqda Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenko Ranok. LIVE dasturida o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi.
Goncharenkoning ta’kidlashicha, 3 noyabrga rejalashtirilgan AQSh Kongressiga oraliq saylovlar fonida Tramp uchun may oyigacha urushni yakunlash bo‘yicha aniq natija ko‘rsatish muhim hisoblanadi.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, AQShda may oyi Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha norasmiy oxirgi muddat sifatida qaralmoqda. Agar ushbu muddatgacha kelishuvga erishilmasa, Vashington muzokaralar jarayonidan chekinishi mumkin.
"Bunday holatda Ukraina masalasi kun tartibidan butunlay chiqib ketmaydi, biroq ikkinchi darajali mavzuga aylanish ehtimoli bor", — deb qo‘shimcha qildi Goncharenko.